Yangiliklar

21 Iyul 2025

Qoʻriqlash Departamentining mintaqaviy oʻquv markazlarida navbatdagi bitiruvchilarga sertifikatlar topshirish marosimlari boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamentining mintaqaviy oʻquv markazlarida navbatdagi bitiruv marosimlari boʻlib oʻtdi.

Taʼkidlash joizki, boshlangʻich tayyorgarlik hamda malaka oshirishga kelgan safdor xodimlar belgilangan reja asosidagi navbatdagi oʻquv kurslarini tamomlab, oʻzlarining kasbiy tayyorgarlik yoʻnalishlaridagi bilim va koʻnikmalarini mustahkamladilar.

Tadbirlarda tinglovchilarning oʻquv jarayonida egallagan nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalari alohida eʼtirof etildi. Ularning xizmatga tayyorligi, masʼuliyatni chuqur anglab yetgani va belgilangan dastur asosida puxta tayyorgarlik koʻrgani taʼkidlandi.

Marosimlar yakunida soʻzga chiqqanlar tomonidan tinglovchilarga kelgusidagi xizmat faoliyatida zafarlar tilandi hamda ularning Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishlariga ishonch bildirildi.