Yangiliklar

6 Oktyabr 2025

Qoʻriqlash departamentining mintaqaviy oʻquv markazlarida navbatdagi tantanali bitiruv hamda qasamyod qabul qilish marosimlari boʻlib oʻtdi

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining mintaqaviy oʻquv markazlarida safdorlar tarkibini boshlangʻich tayyorlash boʻyicha oʻquv yigʻinlarida ishtirok etayotgan tinglovchilarning tantanali bitiruv hamda qasamyod qabul qilish marosimlari boʻlib oʻtdi. Tadbirlarda yurtga sadoqat, qonunlarga hurmat va Vatanga fidoyilik ruhida qasamyod qilingan boʻlib, tinglovchilarning kelajakdagi xizmat faoliyatiga muhim qadam boʻldi.

Tadbirlarni mintaqaviy oʻquv markazlari boshliqlari kirish soʻzlari bilan ochib, tinglovchilarni qasamyod qabul qilganliklari bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, kelgusi xizmat faoliyati davomida, olib borayotgan sharafli ishlarida ulkan zafarlar tiladi. Bundan tashqari, tinglovchilarga tarixiy, maʼnaviy va siyosiy nuqtayi nazardan katta ahamiyatga ega boʻlgan oriyatini gʻurur va sadoqatini hamma narsadan ustun qoʻyadigan yigitlik shaʼni, oru nomusini oʻrtaga qoʻyib, oʻz zimmasidagi masʼuliyatli va sharafli vazifani ado etishga bel bogʻlab ahdu paymon qilish marosimi ekanligini taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, oʻquv yigʻinlari davomida ӯqish va jamoat ishlarida faol ishtiroki hamda tengdoshlariga oʻrnak koʻrsatgan tinglovchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.