Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazida Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tadbir
Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazida doimiy va oʻzgaruvchan shaxsiy tarkibi orasida "IIO xodimlarning davlat sirlarini oshkor qilishlarning salbiy oqibatlari" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Mazkur tadbirda davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi masʼul xodimlari, shuningdek Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti masʼullari tomonidan tinglovchilar hozirgi globallashuv jarayonida davlat sirlarini oshkor qilishlarning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari nafaqat nazariy bilimlar, balki maxfiy maʼlumotlar bilan ishlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ham ega boʻldi. Ochiq muloqot doirasida barcha qiziqarli masalalar koʻrib chiqildi, bu esa taʼlimda maksimal samaraga erishish imkonini berdi.
Tadbir davomida tinglovchilar zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlib, oʻzlarining qiziqtirgan savollariga masʼullar tomonidan javob olishdi.