Yangiliklar

21 Iyun 2025

Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazida Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazida huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda oʻquv markazining shaxsiy tarkibi, shuningdek, Nukus harbiy prokuraturasi masʼullari ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar "Maʼmuriy huquqbuzarlik va maʼmuriy javobgarlik. Harbiy xizmatchi va xodimlarning maʼmuriy javobgarligi" mavzusi, shuningdek qonunchilik normalarini qoʻllash bilan bogʻliq dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar uning yuksak amaliy ahamiyatini qayd etib, huquqbuzarliklarning oldini olish yoʻlida yordam beradigan qimmatli maʼlumotlarga ega boʻldilar.