Yangiliklar

6 Noyabr 2025

Maktab oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, yoshlarda Vatanga sadoqat va vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi xodimlari tomonidan maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Jumladan, kuni kecha Nukus shahrida joylashgan 22-sonli maktab oʻquvchilarini jalb etgan holda ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi. Tadbir vaqtida markaz oʻquv jarayoni boʻyicha hamda Qoʻriqlash xizmati afzalliklari toʻgʻrisida maʼlumotlar, kitobxonlik kechasi hamda ot sporti boʻyicha mahorat darslari tashkil etildi.

Shuningdek, oʻquv markazi boʻlinma boshligʻi psixolog mayor R.Tileumuratov tomonidan "Yoshlarning erkin fikr yuritishida yuzaga keladigan muammolar" mavzusida psixologik trening tashkil etildi. Uchrashuv yakunida oʻquvchilar oʻquv markazi faoliyati, uning taʼlim imkoniyatlari va kasbiy oʻsish istiqbollari haqida batafsil maʼlumot oldilar. Ushbu tadbir markaz va yosh avlod oʻrtasidagi aloqani mustahkamlab, keyingi hamkorlik va kasbga yoʻnaltirish ishlari uchun qulay sharoit yaratdi.