Yangiliklar

24 May 2025

Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazida huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni yuzasidan navbatdagi davra suhbati boʻlib oʻtdi

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazida doimiy va oʻzgaruvchan shaxsiy tarkib orasida "Biz korrupsiyaga murosasiz munosabatdamiz" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Mazkur tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti masʼullari tomonidan ishtirokchilar hozirgi globallashuv jarayonida korrupsiya va poraxoʻrlikning salbiy illatlari oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Bundan tashqari, qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarning jiddiy oqibatlari, qonunchilikda koʻrilgan chora-tadbirlar va bunga qarshi kurashda xorijiy tajribalar haqida soʻz yuritildi.
Tadbir davomida tinglovchilar zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlib, oʻzlarining qiziqtirgan savollariga masʼullar tomonidan javoblarni olishdi.