1 oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bayrami hududlarda keng nishonlandi
Ustozga ehtirom, barcha zamonlarda, ayniqsa, sharq jamiyatlarida, juda yuqori baholanib kelinmoqda. Bu anʼanalar tarixiy manbalarda oʻziga xos oʻrin tutadi va oʻtgan asrlar davomida jamiyatda muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Soʻnggi yillarda hukumatimiz tomonidan sohalarga va soha vakolatlariga qaratayotgan diqqat, ustozlarning ahamiyatini yanada oshirib, ularga boʻlgan ehtiromni yangicha shaklda namoyon etmoqda.
1 oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari, "Qoʻriqlash" saflarida xizmat qilgan, hozirda nafaqada boʻlgan ustoz-murabbiylar bilan uchrashish uchun tashrif buyurdi. Ushbu tadbirlar doirasida ustozlarning holidan xabar olindi, ularning mehnatlari, fidoyiligi va yuqori professionalizmi hamda jamiyatdagi oʻrni alohida eʼtirof etildi.
Shu bilan birga taʼlim va tarbiya faoliyatida tinimsiz mehnati orqali yosh avlodni tarbiyalashdagi fidokorona xizmatlari uchun bir guruh oʻqituvchi va murabbiylar taqdirlandilar.
Tadbirlar davomida bir guruh oʻqituvchi va murabbiylar namunali xizmatlari eʼtirof etilib, ularga Milliy gvardiya qoʻmondonining "Maʼnaviyat aʼlochisi" koʻkrak nishonlari, faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar hamda esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu kun nafaqat tabriklash, balki muvaffaqiyatlar va yangi maqsadlar uchun ilhomlanish uchun ham yaxshi imkoniyat boʻldi. Ustoz va murabbiylar kuni shunday jonli tadbirlar bilan oʻtkazilishi, bilim va tarbiya beruvchilarning mehnatini yanada qadrlashga xizmat qiladi.