Yangiliklar

13 Iyun 2024

Hududlarda “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik hamda sport tadbirlari oʻtkazilmoqda

Oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuygʻularini yanada oshirish, bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish, shuningdek, ularning jismoniy, intellektual, maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga koʻmaklashish maqsadida "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari hamda masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik va sport tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Tadbirlar doirasida oʻtkazilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlarning jangovar chiqishlari, harbiy texnika va aslahalar koʻrgazmasi yoshlarda katta qiziqish uygʻotgan boʻlsa, kamondan oʻq otish, badminton, shaxmat, stol tennisi kabi sport musobaqalari esa tadbirlarga koʻtarinki ruh bagʻishlamoqda. Qizgʻin va murosasiz bahslarga boy oʻtayotgan bellashuvlar yakunida esa gʻolib boʻlgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanmoqda.
Oʻz navbatida, Faxriy qorovul orkestr jamoasi oʻz chiqishlari bilan yanada koʻtarinki ruh bagʻishlaydi desak mubolagʻa boʻlmaymiz.