Yangiliklar

5 Iyul 2024

HUDUDLARDA PROFILAKTIK TADBIRLAR OʻTKAZILMOQDA

Joylarda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallalarni obod va xavfsiz hududga aylantirish, fuqarolar osoyishtaligi va xotirjamligini taʼminlash, farovon turmush tarzini shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda

Jumladan, kuni kecha oʻtkazilgan navbatdagi targʻibot tadbirlari davomida mutasaddi tashkilot organlari vakillari tomonidan xar bir koʻp qavatli xonadonlar, savdo doʻkonlari, ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi obyektlar oldiga birma bir tashvish tugmachasini oʻrnatilishi boʻyicha, shuningdek, uy va xonadon, obyektlarda oʻrnatiladigan zamonaviy qoʻriqlov signalizatsiya vositalarining afzalliklari, tadbirkorlarga va fuqarolarga qulaylik tomonlari toʻgʻrisida atroflicha maʼlumotlar berib oʻtildi.

Bundan tashqari, mutasaddilar tomonidan mahallalarni jinoyatdan holi hududlarga aylantirish, har bir koʻcha, koʻp qavatli uylar, xizmat koʻrsatish va savdo shahobchalarini zamonaviy kuzatuv kameralari, qoʻriqlash uskunalari bilan jihozlash zarurligi qayd etildi. Mazkur yoʻnalishda "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.

Albatta, soha xodimlari tomonidan fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmatining afzalliklari, xizmat koʻrsatish turlari, taʼriflari, yaratilayotgan imkoniyatlar, fuqarolar xonadonlariga qoʻriqlash uskunalari, oylik toʻlovlar haqida maʼlumotlar bilan birgalikda bukletlar xam tarqatildi. Tizimda "koll-sentr" xizmati mavjudligi, fuqarolarimizga 1131 yagona qisqa raqami orqali respublikaning barcha hududlaridan bogʻlanib, murojaat qilish imkoniyatlari borligi, obyekt va xonadonni texnik qoʻriqlash markazlari va punktlariga ulab, qoʻriqlanishini taʼminlash uchun onlayn arizalarni rasmiylashtirish tartibi hamda qbb.uz rasmiy sayti orqali batafsil maʼlumotlar olinishi tartibi haqida aytib oʻtildi.

Shundan soʻng, mol-mulki daxlsizligini oʻylagan, ushbu xizmatga qiziqish bildirgan fuqarolar va tadbirkorlardan belgilangan tartibda qoʻriqlovga olish yuzasidan arizalari olinib, zarur qoʻriqlov jihozlarini oʻrnatish ishlari olib borildi.

Bu boradagi amaliy ishlar izchillik bilan davom etmoqda.