Yangiliklar

13 Aprel 2024

HUDUDLARDA PROFILAKTIK VA TARGʻIBOT TADBIRLAR OLIB BORILMOQDA

Davlat obyektlari, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklari hamda aholi xonadonlarini xavfsizligini taʼminlash borasida "Qoʻriqlash" xizmati tomonidan koʻplab tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu esa aholi tinchligi va xotirjamligi, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olib jamiyatimiz farovonligini taʼminlamoqda.
Kuni kecha "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari tomonidan viloyatlardagi aholi gavjum joylar, yirik savdo majmualari, koʻp qavatli uylar oldilari hamda koʻngilochar maskanlarida "Qoʻriqlash" xizmati afzalliklari yuzasidan targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi. Uchrashuvlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar va fuqarolarga qoʻriqlash xizmatining afzalliklari, xizmat koʻrsatish turlari, tariflari, yaratilayotgan imkoniyatlar va sohada hozirgi kunda foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda oylik toʻlovlar haqida maʼlumotlar berildi.
Yakunda oʻz xonadonlarini va tadbirkorlik obyektlarini qoʻriqqa topshirish istagini bildirgan fuqarolardan belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi.