HUDUDLARDA PROFILAKTIK VA TARGʻIBOT TADBIRLAR OLIB BORILMOQDA
Mamlakatimizda davlat obyektlari, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklari hamda aholi xonadonlarini xavfsizligini taʼminlash borasida "Qoʻriqlash" xizmati oʻzining vazifalarini bajarib kelmoqda. Bu esa aholi tinchligi va xotirjamligi, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olib, jamiyatimiz farovonligini taʼminlamoqda.
Andijon, Sirdaryo hamda Qashqadaryo viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalari xodimlari tomonidan huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbirlari olib borildi. Targʻibot va tashviqot ishlar jarayonida hududda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar va fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmatining afzalliklari, xizmat koʻrsatish turlari, tariflari, yaratilayotgan imkoniyatlar va sohada hozirgi kunda foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda oylik toʻlovlar haqida maʼlumotlar berildi. Yakunda oʻz xonadonlarini va tadbirkorlik obyektlarini qoʻriqqa topshirish istagini bildirgan fuqarolardan belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi.