Yangiliklar

12 Dekabr 2025

Namangan hamda Andijon viloyatlari Qoʻriqlash boshqarmalari tomonidan "Xavfsiz va sogʻlom yurt" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda hududdagi kriminogen vaziyatni yaxshilash maqsadida qator tizimli ishlar olib borilmoqda.

Targʻibot ishlari davomida, asosiy eʼtibor mahallada joylashgan savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari, aholi xonadonlariga qaratildi.

Shuningdek, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar oʻrtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, shu orqali jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan aholiga batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida Qoʻriqlash xizmati imkoniyatlari, uning qulayliklari va samaradorligi haqidagi maʼlumotlar keng jamoatchilikka yetkazildi.