“Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor profilaktik tadbiri doirasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda
"Xavfsiz va sogʻlom yurt" tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Sirdaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish va aholini mulkiy xavfsizligini taʼminlash maqsadida keng qamrovli targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda "mahalla yettiligi" hamkorligida oʻtkazilgan bu kabi navbatdagi tadbirlar davomida mahallalardagi savdo va maishiy xizmat koʻrsatish hamda aholi xonadonlari, mulkiy xavfsizlikni taʼminlashning samarali choralari haqida tushuntirishlar berildi. Asosiy eʼtibor fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarini texnik qoʻriqlash markazi tizimiga ulash, uy-joy va ish joylarini zamonaviy signalizatsiya vositalari bilan jihozlash masalalariga qaratildi. Mutasaddilar tomonidan har bir koʻcha, koʻp qavatli uylar, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini zamonaviy kuzatuv kameralari, qoʻriqlov vositalari bilan jihozlash muhimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, tadbirkorlar bilan savdo obyektlarini qoʻriqlash xizmatiga topshirish uchun shartnomalar tuzilib, ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida qoʻriqlashga olindi.