Yangiliklar

25 Aprel 2025

“Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor profilaktik tadbiri doirasida Andijonda targʻibot-tashviqot tadbirlari davom ettirilmoqda

Hududlarda huquqbuzarliklar va jinoyatlarning barvaqt oldini olish maqsadida Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan keng qamrovli targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazildi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va Qoʻriqlash boshqarmasi, shuningdek, boshqa tegishli hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etilgan ushbu tadbirlar davomida mutaxassislar aholiga zamonaviy qoʻriqlov signalizatsiya vositalarini oʻrnatishning afzalliklari, tadbirkorlar va fuqarolar uchun qulayliklari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berishdi.
Tadbirlar doirasida Qoʻriqlash boshqarmasi masʼullari tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashib, xavfsizlikni taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, mulkiy jinoyatlarga chek qoʻyish, fuqarolarning mulklarini muhofaza qilish boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, savdo obyektlarga “tashvish tugmachalari” oʻrnatish hamda qoʻrilovga olish tartibi, Qoʻriqlash xizmatlaridan foydalanishning afzalliklari, tezkor harakatlanuvchi guruhlar faoliyati va signalizatsiya vositalarining ishlash tartibi malakali mutaxassislar tomonidan tushuntirildi.
Targʻibot tadbirlari davomida koʻplab fuqarolar bilan oʻzaro hamkorlik shartnomalari imzolanib, ularning uy va obyektlari Qoʻriqlash xizmati tomonidan qoʻriqqa olindi.
Albatta, bunday profilaktik targʻibot tadbirlari xavfsizlik tizimini mukammallashtiradi va fuqarolarga tinch va xavfsiz hayot kechirish imkonini yaratadi.