"Muzeylar haftaligi" doirasida xodimlar uchun sayohat tashkil etildi
Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Guliston davlat universiteti “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat uyushtirildi.
Ushbu muzey el-yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan koʻp yillik mashaqqatli kurashlarni haqqoniy va toʻlaqonli aks ettirish, mustabid tuzum davridagi ommaviy qatagʻonlar tufayli qurbon boʻlgan, insoniylik shaʼni, qadr-qimmati toptalgan vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat tuygʻularini singdirish maqsadida 2019 yildan oʻz faoliyatini boshlagan.
Taʼkidlash joizki, xodimlar muzey mutaxassislari tomonidan qatagʻon qurbonlari haqidagi arxiv hujjatlari, fotosuratlar, ashyoviy buyumlar, kitoblar, videomateriallar bilan koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlishdi.