Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida Yongʻin xavfsizligi oyligi munosabati bilan Fargʻona shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi masʼullari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Suhbatda kuz-qish mavsumida isitish tizimlaridan foydalanishda ehtiyot choralariga amal qilish, qurilmalarning sozligi va ish holatini nazorat qilish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Muloqotlarda, favqulodda holatlardagi harakatlar, is gazidan zaharlanishning oldini olish haqida soʻz bordi. Shuningdek, xodimlarga birlamchi oʻt oʻchirish vositalaridan foydalanish, favqulodda vaziyatlar boʻlinmalarining shaxsiy himoya anjomlari namoyish etilib, ulardan foydalanish tartiblari amaliy tarzda tushuntirildi.
Tadbirda tibbiyot xodimlari ishtirok etib, xodimlarga birinchi yordam koʻrsatish usullarini amalda namoyon etdilar. Tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi yordam koʻrsatishning asosiy qoidalari, turli jarohatlar holatida zudlik bilan koʻriladigan chora-tadbirlar hamda birinchi yordam koʻrsatishda turniketlardan toʻgʻri foydalanish haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Bunday tadbirlar, xodimlarning ongini oshirish va yongʻin xavfsizligini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi.