Yangiliklar

12 Noyabr 2025

Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi doirasida Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan fuqarolar oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi doirasida Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan fuqarolar oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbirlar davomida aholiga Telegram va boshqa messenjerlar orqali kelayotgan turli xil (.apk) fayllari hamda nomaʼlum ilova va havolalarni ochmaslik, shubhali manbalarga ishonmaslik lozimligi haqida ogohlantiruvchi bukletlar tarqatildi.

Bu saʼy-harakatlar fuqarolarning kiberxavfsizlik boʻyicha bilimini oshirish, ularni turli kiberhujum va aldov usullaridan himoya qilishga qaratilgan.

Shu bilan birga Namangan viloyatida ham bu kabi keng koʻlamli tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Jumladan, Pop tumanida viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi tomonidan “Qoʻshminor” mahalla fuqarolar yigʻini hududida jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar mulkining xavfsizligini taʼminlash hamda kibermadaniyatni yuksaltirish maqsadida qator amaliy ishlar olib borildi.

Tadbirlar davomida aholi oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, aholiga mulkiy xavfsizlikni taʼminlashning zamonaviy usullari, xususan, uy-joylarni qoʻriqlash xizmatiga ulash, kuzatuv kameralaridan samarali foydalanish, ayniqsa, internet orqali sodir etilishi mumkin boʻlgan kiberhujumlar va firibgarlik holatlaridan ogohlantirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan fuqarolarga kiberxavfsizlik qoidalari, shaxsiy maʼlumotlarni muhofaza qilish, shubhali havolalar yoki nomaʼlum shaxslardan kelgan maʼlumotlarga ishonmaslik haqida tushuntirishlar berildi.