Yangiliklar

22 Dekabr 2025

Vatanparvarlik oyligi doirasida Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida xodimlarning farzandlari uchun “Ota-onam bilan bir kun” loyihasi tashkil etildi

Vatanparvarlik oyligi doirasida Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida xodimlarning farzandlari uchun “Ota-onam bilan bir kun” loyihasi tashkil etildi.

Kun davomida bolalar ota-onalari bilan yelkama-yelka turib, qoʻriqlash xizmatiga oid kundalik xizmat jarayonlarini bevosita kuzatdilar. Ular xizmat intizomi, sergaklik, masʼuliyat va fidoyilik kabi muhim fazilatlarni amalda koʻrib, xodimlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarning naqadar sharafli va masʼuliyatli ekanini chuqur his etdilar.

Tadbir davomida bolalarga Qoʻriqlash xizmati faoliyati, xavfsizlikni taʼminlashda qoʻllanilayotgan texnika va maxsus vositalar haqida ham tushunchalar berildi. Shuningdek, maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar orqali vatanparvarlik, qonunga hurmat va jamoat xavfsizligini asrash gʻoyalari keng targʻib etildi.