Xodimlarning maʼnaviyatini yuksaltirish maqsadida maʼnaviyat oyligi doirasida ijodiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda
Xodimlarning maʼnaviy va madaniy saviyasini oshirish, ularning dunyoqarashi va faol hayotiy pozitsiyasini yuksaltirish maqsadida oʻtkazib kelinayotgan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida navbatdagi keng koʻlamli tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun viloyat musiqali drama teatrida Oʻzbekiston Milliy akademik teatrining taniqli, xalq sevgan aktyorlari ishtirokida ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida mashhur aktyorlar tomonidan teatr sanʼati, aktyorlik mahorati, milliy madaniyatimiz va maʼnaviy qadriyatlarimiz haqida fikrlar bildirildi, ularning hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashildi.
Bundan tashqari Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari xodimlari hamda ularning oila-aʼzolari uchun Qoʻriqlash Departamenti ashula va raqs ansambli tomonidan konsert dasturi tashkil qilindi.
KONSERT dasturi doirasida xushovoz xonandalarning chiqishlari yigʻilganlarda oʻzgacha taassurot qoldirdi.
Ushbu tadbir xodimlarning maʼnaviy olamini boyitish, ularni madaniyat va sanʼatga yanada yaqinlashtirish, oila aʼzolari bilan mazmunli hordiq chiqarishlari uchun muhim ahamiyat kasb etdi.