Yangiliklar

27 Aprel 2025

"Maʼnaviyat oyligi" doirasida xodimlar va ularning oila aʼzolari ishtirokida madaniy va maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda

Oila-haqiqiy baxt va halovat qoʻrgʻonidir! Bugun Sirdaryo viloyatidagi musiqali drama teatrida Qoʻriqlash boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlarida xizmat qilayotgan xodimlar hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi. Qoʻriqlash Departamenti Ansambli xonandalari tomonidan tashrif buyurganlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan konsert dasturi ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Ushbu tadbir yoshu keksaga birdek manzur boʻlib, xonandalar tomonidan vatanni madh etuvchi kuy qoʻshiqlar, har xil qiziqarli chiqishlar ularning madaniy hordik olishida samarali ahamiyat kasb etdi.