Yangiliklar

29 Aprel 2025

“Maʼnaviyat oyligi” doirasida kitobxonlik uchrashuvlari hamda kitob yarmarkalari tashkil etilmoqda

“Maʼnaviyat oyligi” munosabati bilan xodimlarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularning bilim saviyasini va dunyoqarashini kengaytirish hamda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yanada boyitish maqsadida kitobxonlik uchrashuvlari hamda kitob yarmarkalari tashkil etilmoqda.
Jumladan, bu kabi tadbirlar kuni kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlari Qoʻriqlash boshqarmalari xodimlari uchun oʻtkazildi. Tadbirlar doirasida shaxsiy tarkib kutubxonalarga tashriflar buyurib, kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishib, u yerda saqlanayotgan badiiy va jahon adabiyotlari boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlishdi hamda kutubxonalarga aʼzolikga qabul qilindi.
Bundan tashqari, shaxsiy tarkib uchun kitob yarmarkalari ham tashkillashtirildi. Mazkur yarmarkalarda jahon va oʻzbek namoyandalarining ajoyib asarlari jamlangan boʻlib xodimlar ushbu yarmarka orqali oʻzlari uchun zarur boʻlgan kitoblar jamlanmasini olish imkoniyatiga ega boʻldilar. Tadbirkorlar tomonidan maxsus chegirmalar tashkillashtirilib, xodimlar ushbu imkoniyatlar orqali maʼnaviy salohiyatlarni yanada oshirdi desak adashmagan boʻlamiz.
Mazkur tadbirlar, ayniqsa, yangi xizmat faoliyatini boshlagan yosh kadrlar uchun juda muhim ahamiyatga ega boʻlib, ularning maʼnaviy kamoloti va shaxsiy rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Kitob oʻqish orqali xodimlar nafaqat kasbiy salohiyatini, balki maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarini ham mustahkamlamoqda.