Yangiliklar

23 Iyun 2025

"Dolzarb 90 kun" doirasida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi

Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazida Fargʻona shahrida joylashgan 21-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida tashkil etilgan "Yozgi oromgoh" oʻquvchi yoshlari ishtirokida vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazildi.

Tadbirlar davomida oʻquvchi yoshlarga oʻquv markazida tinglovchilar va askarlar uchun yaratilgan sharoitlar, kutubxona fondidagi kitoblar, xodimlarni jangovar tayyorgarligini oshirish boʻyicha sport zali, xodimlarni ruhiy buzilishlarini oldini olish uchun "Ruhiy yengillik xonasi" hamda jangovar oʻq otish tirida qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishdilar.

Kunning eng yuqori nuqtasi intellektual musobaqalar – shaxmat va shashka boʻyicha turnirlar, shuningdek, psixologik treninglar boʻlib, ular ishtirokchilarga markaz xodimlari ishining oʻziga xos xususiyatlarini chuqurroq tushunish imkonini berdi. Yoshlar koʻplab unutilmas taassurotlar va yangi bilimlar bilan qaytishdi.