Yangiliklar

28 Aprel 2025

"Xavfsiz va sogʻlom yurt" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida targʻibot ishlari olib borilmoqda

Xabaringiz bor, respublikamiz boʻylab 15 apreldan 15 may kuniga qadar "Xavfsiz va sogʻlom yurt" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri oʻtkazilmoqda.
Ushbu tadbir doirasida Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida targʻibot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, kuni kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Farg'ona, Sirdaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari Qoʻriqlash boshqarmalari masʼullari hamkor tashkilotlar va "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda mahallalar osoyishtaligini va fuqarolar xavfsizligini, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklari hamda aholi xonadonlarining daxlsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Mutaxassislar tomonidan hududlarda sodir etilgan oʻgʻirlik jinoyati bilan bogʻliq holatlarga toʻxtalib, ularning oldini olish choralarini koʻrish, hushyorlikni oshirishda Qoʻriqlash xizmatining mavjud imkoniyatlaridan foydalanish xavfsizlik va xotirjamlikning kafolati ekanligi tushuntirish bilan birga, obyekt va xonadonlarga oʻrnatiladigan qoʻriqlov hamda yongʻindan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari xususida maʼlumotlar berilib, ishlash tizimi koʻrsatib berishdi.
Targʻibot tadbirlari yakunida esa oʻz xonadonini va tadbirkorlik obyektini qoʻriqqa topshirish istagini bildirgan fuqarolardan belgilangan tartibda hujjatlar olindi.