"Xavfsiz va sogʻlom yurt" keng qamrovli profilaktik tadbir doirasida targʻibot ishlari olib borilmoqda
Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati hamda "mahalla yettiligi" hamkorligida mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan navbatdagi profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.
Targʻibot ishlari davomida Qoʻriqlash xizmatiga ulanish tartiblari, ushbu xizmatning imkoniyatlari va afzalliklari, jumladan, zamonaviy signalizatsiya uskunalari, texnik xizmat koʻrsatish va toʻlov imkoniyatlari haqida ham batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir doirasida aholi, savdo va xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, jamoat xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish kabi mavzularda suhbatlar olib borildi.