Yangiliklar

13 Avgust 2025

"Xavfsiz va sogʻlom yurt" keng qamrovli profilaktik tadbir doirasida Oltiariq va Quva tumanlarida targʻibot ishlari olib borilmoqda

Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati, IIB masʼullari hamda "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda tumanlar markazlarida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.

Targʻibot ishlari davomida Qoʻriqlash xizmatiga ulanish tartiblari, ushbu xizmatning imkoniyatlari va afzalliklari, jumladan, zamonaviy signalizatsiya uskunalari, texnik xizmat koʻrsatish va toʻlov imkoniyatlari haqida ham batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbir doirasida aholi, savdo va xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, jamoat xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish kabi mavzularda suhbatlar olib borildi. Ushbu hududdagi koʻp qavatli uylarning kirish qismlariga xam "Tashvishgoh" uychalari oʻrnatish ishlari olib borildi.

Bu kabi tizimlar tadbirkorlar hamda fuqarolar mulkini himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.