Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda sud-huquq tizimidagi dolzarb islohotlar, yangi qabul qilingan farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati, shuningdek, xizmat intizomini mustahkamlash, qonunbuzarliklarning oldini olish hamda xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalari keng yoritildi.
Uchrashuvda Fargʻona shahar jinoyat va maʼmuriy sudlari sudyalari ishtirok etib, sud-huquq amaliyotidagi oʻzgarishlar va yangiliklar yuzasidan atroflicha tushuntirish berdilar. Shuningdek, tadbirda shahar va tuman boʻlimlari xodimlari videoselektor shaklida qatnashib, oʻz fikr va takliflarini bildirdilar.
Mazkur uchrashuv shaxsiy tarkib oʻrtasida huquqiy madaniyatni oshirish, qonuniylik va intizomni mustahkamlash hamda xizmat faoliyatida masʼuliyatni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.