Yangiliklar

17 Oktyabr 2025

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida shaxsiy tarkib ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlash va tizimda sodir etilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarning oldini olishga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Qoʻriqlash Departamenti masʼullari hamda viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan xizmat intizomi va qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olish, har qanday qonun buzilishi holatlarga jazo muqarrar ekanligi, noqonuniy ishlarga aralashmaslik, korrupsion holatlarning salbiy jihatlari, xizmat vakolatini suiisteʼmol qilmaslik, qonun talablariga qatʼiy rioya etish kabi bir nechta yoʻnalishlarda muhim maʼlumotlar berib oʻtildi.

Bundan tashqari, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish, ijrochilik intizomiga amal qilish, xodimlarning maʼnaviy va intellektual salohiyatini oshirish, beparvolikka yoʻl qoʻymaslik hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini kuchaytirish yuzasidan masʼul ofitserlarga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida xizmatda ijobiy natijalar koʻrsatib kelayotgan bir guruh xodimlar hamda ularning oila aʼzolari munosib ragʻbatlantirildi.