“Biz donorimiz” xayriya aksiyasi doirasida Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari qon topshirdilar
Buxoro viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari “Biz donorimiz” xayriya aksiyasida faol ishtirok etib, yuksak insoniy fazilat — begʻaraz yordam koʻrsatish, inson hayotini asrashdek ezgu tashabbusni amalda namoyon etdilar.
Mazkur tadbir doirasida boshqarma tizimidagi bir qator xodimlar oʻz ixtiyori bilan qon topshirdilar. Ushbu xayrli ishning bosh maqsadi — qon zaxiralarini toʻldirish, tibbiyot muassasalariga yordam koʻrsatish hamda bemorlarning hayotini saqlab qolishga hissa qoʻshishdan iboratdir.
Qoʻriqlash xizmati xodimlari doimo nafaqat xizmat burchini ado etishda, balki ijtimoiy hayotda ham faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etib kelmoqdalar. Ularning bu kabi ezgu tashabbuslari yosh avlod uchun ibrat boʻlib xizmat qiladi.