Yangiliklar

8 Noyabr 2025

Tibbiyot xodimlari kuni arafasida bir guruh soha fidoyilari mukofotlandi

Sogʻlom millat — barkamol jamiyatning poydevoridir. Mana shu ulugʻ maqsad sari olib borilayotgan yoʻlda mehribon shifokorlar, hamshiralar va barcha tibbiyot sohasi xodimlarining fidokorona mehnati beqiyos ahamiyatga ega. Yurtimizda xar yil noyabr oyining 2-chi yakshanbasi Tibbiyot xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda.

Sana munosabati bilan, Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati ham bir guruh soha fidoyilarini bayram bilan samimiy qutlab, ularga ezgu tilaklarini bildirishdi. Ularning mehnati tufayli sogʻlom avlodni tarbiyalash, xalqimiz hayotini uzaytirish va sifatini oshirishga qaratilgan ishlar samara berayotganligi yana bir bor taʼkidlandi.