Qoʻriqlash Departamentining Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlash boʻyicha alohida batalonida xodimlar va ularning oila aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Qoʻriqlash Departamentining Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlash boʻyicha alohida batalonida xodimlar va ularning oila aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida Qoʻriqlash Departamenti rahbariyati tomonidan xizmat faoliyatining asosiy masalalar haqida atroflicha tushunchalar, boʻlinma faoliyatida intizom va qonuniylikni mustahkamlash boʻyicha aniq tavsiyalar berildi. Yosh xodimlarni tarbiyalash, jamoada oʻzaro hamjihatlikni rivojlantirish va ijro intizomini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish choralari alohida muhokama qilindi. Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar korrupsiya, poraxoʻrlik va mansab vakolatini suiisteʼmol qilish holatlariga yoʻl qoʻyilmasligini taʼkidlab, bunday huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda qatʼiy jazo choralari koʻrilishi haqida ogohlantirdi.
Uchrashuv doirasida xodimlarning ota-onalari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob olishdi.
Bunday tadbirlar shaxsiy tarkibning masʼuliyatini oshirishga, jamoada sogʻlom muhitni shakllantirishga, davlat xizmati tizimiga kasbiy daxldorlik hissini mustahkamlashga xizmat qiladi.