Yangiliklar

17 Fevral 2024

OLIS HUDUDLARDAGI VATANPARVARLIK TADBIRLARI

Kuni kecha Toshkent hamda Xorazm viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalari hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikdada mahallalar yoshlari ishtirokida "Vatan – ulugʻ, burch – muqaddas" shiori ostida vatanparvarlik sayllari oʻtkazildi.

Jarayonlar oʻquvchi-yoshlarning yakkakurash, badiiy gimnastika va harbiylarning jangovar koʻrgazmali chiqishlari, aslahalar namoyishi, kitoblar yarmarkasi sport musobaqalari bilan qizgʻin tus oldi. Shu bilan birga kamondan oʻq otish sport turi boʻyicha mahorat mashgʻulotlari oʻtkazildi.  

Shuningdek, kinologiya yoʻnalishi, xizmat itlarining jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi imkoniyatlari koʻrsatib oʻtildi.

Eʼtiborli jihati shundaki, yoshlar mazkur tadbir orqali bir-biri bilan tajriba almashish asnosida doʻstona ruxda oʻtgan sport musobaqalarida ishtirok etishdi. Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad esa chekka hududlardagi yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Bu kabi tadbirlar respublikamizning barcha hududlarda oʻtkazilmoqda.