Umumtaʼlim maktablarida rejali tekshiruv ishlari amalga oshirildi
Oʻquvchilarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, shuningdek, ular uchun xavfsiz va barqaror taʼlim muhitini yaratish maqsadida Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan Andijon shahri hududida joylashgan umumtaʼlim maktablarida rejali tekshiruv ishlari amalga oshirildi.
Tekshiruv jarayonida taʼlim muassasalarida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarning qay darajada tashkil etilgani, jumladan, qorovullar tomonidan maktab hududiga begona va ruxsatsiz shaxslarni kiritmaslik boʻyicha olib borilayotgan xizmat faoliyati atroflicha oʻrganildi.
Shuningdek, maktab binolarida oʻrnatilgan videokuzatuv kameralari, tashvish tugmachalari hamda boshqa texnik xavfsizlik vositalarining texnik holati, uzluksiz ishlashi va amaliyotda samarali qoʻllanilayotgani qaytadan tekshirib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklar boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar belgilandi.
Mazkur tekshiruvlar taʼlim muassasalarida xavfsizlikni yanada kuchaytirish, ehtimoliy xavf-xatarlarning oldini olish va oʻquvchilarning xotirjam hamda xavfsiz taʼlim olishlarini taʼminlashga qaratilgan boʻlib, bu kabi tadbirlar kelgusida ham tizimli ravishda davom ettirilishi rejalashtirilgan.