Namangan shahar Barkamol avlod mahallasida joylashgan 88-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Maktab – ota-ona – mahalla” hamkorligini yanada mustahkamlash boʻyicha seminar oʻtkazildi.
Dastlab seminarda maktab oʻquvchilari kasb-hunar maktablari tomonidan maktab hovlisida tashkil etilgan koʻrgazmalar, Milliy gvardiya Namangan shahar "Qoʻriqlash" boʻlimining chiqishlari, boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi, oʻgʻil-qizlar uchun maxsus kasbga oʻrgatish xonalari tashkil etilganligi bilan tanishdilar.
Davra suhbatida “Maktab – ota-ona – mahalla” hamkorligini, oʻgʻil-qizlarimizning bilim olishga boʻlgan ishtiyoqini kuchaytirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar taʼlim-tarbiyasida jamoatchilikning oʻrni va taʼsiri haqida atroflicha soʻz yuritildi.
Shuningdek, Namangan shahar "Qoʻriqlash" boʻlimi xodimlari tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, xalq va armiya birdamligini taʼminlash maqsadida avto- va motokoʻrgazmalar hamda sportning kamondan otish turi boʻyicha musobaqalar tashkil etildi.