Yangiliklar

13 Avgust 2024

Navoiy viloyatida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi

Bugungi kunda mamlakatimizda ishsizlar sonini qisqartirish, aholiga qulayliklar yaratish, ularni qiynab kelayotgan jumboqlarga yechim topish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni shu maqsadda, kuni kecha Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda viloyat Harbiy prokuraturasi va Mudofaa ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda Navoiy shahridagi Monomarkazda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur yarmarkada "Qoʻriqlash" xizmatiga ishga kirish istagida boʻlgan ishsiz yoshlarga masʼul xodimlar tomonidan zarur tavsiyalar berildi. Bundan tashqari "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlarining oila aʼzolari mazkur yarmarkada faol ishtirok etib, viloyatdagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida yetarlicha maʼlumotlarga ega boʻlishdi.