Bugungi kunda “qizil” toifadagi mahallarni “yashil” toifaga oʻtkazish, aholi xavfsizligi va farovonligini taʼminlash, kiberjinoyatlarga qarshi kurash, shu jumladan, mulkiy turdagi jinoyatlarni oldini olish borasida huquq tartibot idoralari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi tomonidan Xatirchi tumanidagi “Farovon” mahallasida oʻrganishlar olib borilib, fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilmoqda. Uchrashuvlarda mahallaning huquq-tartibot holati, aholi farovonligini taʼminlash, mahalla hududida sodir etilgan kiberjinoyatlar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama etildi.
Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan shaxslar va kam taʼminlangan oilalar bilan ham muloqot oʻtkazildi. Uchrashuvlar davomida ularning kundalik turmushida uchrayotgan muammolari va ehtiyojlari oʻrganilib, tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi. Bundan tashqari, mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida xalq xoʻjaligi obyektlari, fuqaro xonadonlariga qoʻriqlash signalizatsiya vositalari hamda aholi gavjum joylarga tashvish tugmalari va videokuzatuv moslamalari oʻrnatilmoqda. Mahalla aholisi bilan oʻtkazilgan samimiy muloqotlarda fuqarolarning taklif va tashabbuslari ham tinglanib, ularni amalga oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrish belgilandi.