Yangiliklar

24 Noyabr 2025

Bugungi osoyishta kunlar uchun nafaqat mustaqillik yillarida, shu bilan birga ayni kunlarda yurtimiz osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlar oila aʼzolari holidan xabar olinmoqda.

Qoʻriqlash departamenti rahbariyati va shaxsiy tarkibi tomonidan sohada faoliyat yuritib, yurtimiz osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari holidan doimiy ravishda xabar olinib, oila aʼzolarini ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning mavjud muammolarini oʻrganish va yechim topish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek oilalarning yashash sharoiti, sogʻligi, oilaviy ahvoli, farzandlarining taʼlim olish holati va boshqa omillar boʻyicha muntazam monitoring olib borilmoqda.

Aniqlangan muammolarga qarab, tegishli yordam choralari koʻrilmoqda. Masʼullar ularning xonadonida ularning Vatan oldidagi burchini ado etish chogʻida yurtimiz ozodligi, xalqimizning bugungi tinch va osoyishta hayotini taʼminlash yoʻlida halok boʻlgan mard va jasur oʻgʻlonlarimizning xotirasi yana bir bor yodga olindi. Ushbu mard va jasur oʻgʻlonlarning xotirasiga ehtirom koʻrsatish biz uchun ham farz, ham qarzdir.