Yangiliklar

10 Oktyabr 2025

Bugungi tinch-osoyishta kunlarda mamlakatimiz xavfsizligini taʼminlash yoʻlida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari ham alohida hurmat va ehtiromga loyiqdir.

Bugungi tinch-osoyishta kunlarda mamlakatimiz xavfsizligini taʼminlash yoʻlida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari ham alohida hurmat va ehtiromga loyiqdir.

Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan hamkasblari xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Ular halok boʻlgan safdoshlarining xonadonlariga tashrif buyurib, shaxsan oʻzlari hamdardlik bildirdilar, ularning ehtiyojlari va muammolari bilan tanishdilar.

Halok boʻlgan huquq-tartibot xodimlarining oila aʼzolari bilan samimiy suhbat chogʻida ularning yaqinlari Vatan tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida koʻrsatgan jasoratlari xalq xotirasida abadiy qolishi alohida taʼkidlandi. Qahramonlarning oila aʼzolari shunga amin boʻlishlari mumkinki, davlat va jamiyat ularning yoʻqotishlarini hech qachon unutmaydi va har doim zarur yordam va gʻamxoʻrlikni koʻrsatadi.

Shu bilan birga, Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati ayni paytda tibbiy muassasalarida davolanayotgan xodimlari holidan ham xabar olib, ularni qoʻllab-quvvatlab, xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Davolanayotgan xodimlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarda ularni reabilitatsiya qilish va kelgusida xizmatga qaytarish masalalari muhokama qilindi. Rahbariyat ularning har biri haqiqiy qahramon ekanini taʼkidlab, tezroq sogʻayib ketishi va tiklanishi uchun barcha zarur yordam koʻrsatilishini maʼlum qildi.