Mamlakatimizda shaxs, jamiyat va davlatga tegishli obyektlarni, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini ishonchli qoʻriqlashni takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek Qoʻriqlash xizmati faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida xodimlarining kasbiy mahorati oshirilmoqda.

Jumladan, kuni kecha Qoʻriqlash departamentining mintaqaviy oʻquv markazlarida boshlangʻich tayyorlash oʻquv rejasi va dasturi asosida safdorlar tarkibida xizmat qilayotgan xodimlar harbiy qasamyodga keltirildi.
Tadbirda mintaqaviy ӯquv markazlari boshliqlari soʻzga chiqib, tinglovchilarga tarixiy, maʼnaviy va siyosiy nuqtayi nazardan katta ahamiyatga ega boʻlgan oriyatini gʻurur va sadoqatini hamma narsadan ustun qoʻyadigan yigitlik shaʼni, oru nomusini oʻrtaga qoʻyib, oʻz zimmasidagi masʼuliyatli va sharafli vazifani ado etishga bel bogʻlab ahdu paymon qilish marosimi ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
Shundan soʻng bitiruvchilarga sihat-salomatlik, kelgusi xizmat faoliyati davomida va olib borayotgan sharafli ishlarida ulkan zafarlar tilandi hamda sertifikatlar topshirildi.