NAMANGAN VILOYATIDA YUGURISH MARAFONI OʻTKAZILDI
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan "Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz" shiori ortida Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari ishtirokida viloyatning Davlatobod tumani Yuksalish koʻchasi boʻylab yugurish marafoni boʻlib oʻtdi.
Kurashlarga boy tarzda oʻtgan marafonda ishtirokchilar yugurish davomida marraga birinchilardan boʻlib yetish maqsadida shiddat bilan harakat qilishdi. Marafon yakunida gʻolib va sovrindorlar Milliy gvardiya rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.