Yangiliklar

3 Sentyabr 2024

Namangan viloyatida "Ona diyor – ranglar jilosida" rasmlar tanlovi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda shahar-tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari oʻrtasida “Ona diyor – ranglar jilosida” mavzusida rasmlar koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
Musobaqada ishtirok etgan bolajonlar oʻzlarining chizgan rasmlarida Vatanparvarlik tuygʻulari, bolalarcha begʻuborlik, soddalik tuygʻulari hamda ezgulikka intilishlarini namoyon edi.
Koʻrik-tanlov yakunida gʻoliblar Milliy gvardiya Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.