Namanganda Is’hoqxon Toʻra Ibrat xotirasiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi
Kuni kecha Namangan viloyatida oʻtkazilgan xotira tadbirida yurtimizning mashhur jadid fidoyisi, olim va maʼrifatparvar Is’hoqxon Toʻra Ibrat merosini yodga olindi. Tadbirda Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari, "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari hamda viloyat faxriylari ishtirok etdilar.
Tashrif Is’hoqxon Ibrat xiyobonida boshlanib, tadbir ishtirokchilari ulugʻ shaxsga bagʻishlangan haykal poyiga guldastalar qoʻyishdi. Shuningdek, tadbir davomida yosh oʻquvchilar tomonidan jadidlar xotirasiga bagʻishlangan chiqishlar namoyish etildi. Bu chiqishlar tadbirga oʻzgacha ruh baxsh etdi, ular jadidchilik harakati va uning mamlakatimiz taraqqiyotidagi ahamiyatini yanada yoritib berdi.
Tadbir yakunida tashrif buyuruvchilar Is’hoqxon Ibrat muzeyi va uning tarkibidagi Qatagʻon qurbonlari muzeyi bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Muzeyda oʻtmishdagi jadidlar harakati, ularning qilgan ishlari va qurbonliklari haqida koʻrgazmali materiallar taqdim etilgan boʻlib, bu maʼlumotlar orqali Ibrat kabi buyuk shaxslar yurtimizda ilm-fan va maʼrifatni rivojlantirishda katta rol oʻynaganini yana bir bor eslatib oʻtdi.
Bu tadbir jadidchilik harakatiga boʻlgan hurmat va eʼtiborni yanada mustahkamlab, yosh avlodga ularning unutilmas maʼnaviy merosini yetkazishda muhim ahamiyat kasb etdi.