Yangiliklar

24 Iyun 2024

VATANPARVARLIK TADBIRLARI OROMGOHLARDA DAVOM ETMOQDA

Yoshlarning yozgi taʼtil vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning jismoniy va aqliy salohiyatlarini oshirish maqsadida kuni kecha Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Sherobod tumanidagi "Beshbuloq", "Neftchi" hamda "Vandob-Beshbuloq" bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida navbatdagi vatanparvarlik, sport hamda koʻngilochar tadbirlar tashkil etildi.
Unda oʻgʻil-qizlar ishtirokida turli sport estafetalari, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka, kamondan otish boʻyicha musobaqalar uyushtirilib, unda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar munosib ragʻbatlantirildi. Shuningdek, maxsus jihozlar koʻrgazmalari, harbiy xizmatchilarning chiqishlari namoyish etilib, yoshlarga koʻtarinki kayfiyat ulashildi. Umuman olganda hududlarda yozgi taʼtildagi yoshlar uchun oʻtkazilayotgan bu kabi vatanparvarlik tadbirlari bolajonlarga olam-olam zavq bagʻishlamoqda.