Yangiliklar

20 Avgust 2024

Xorazm viloyatida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi, xodimlar hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida “Vatanparvarlik, shukronalik oiladan boshlanadi” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi

Urganch shahridagi "Yoshlar" markazi binosida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida “Vatanparvarlik, shukronalik oiladan boshlanadi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Milliy gvardiya Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi masʼul xodimlari soʻzga chiqib, oila bekasi boʻlgan ayollarga, turmush oʻrtoqlari yurt tinchligi va xalq farovonligi yoʻlida xizmat qilayotganligi, harbiy xizmatchi va xodimlar jangovar vazifalarni bajarishda qiyinchilik va mashaqqatlarni oila aʼzolari va hamkasblarining maʼnan qoʻllab-quvvatlashlari sabab uddalay olishi, ularning ruhiy holati va kayfiyati ijobiy boʻlishi oilaga bogʻliqligi borasida fikr-mulohazalar yuritildi. Uchrashuv soʻngida sayyor qabul oʻtkazilib, unda harbiy xizmatchi va xodimlar, hamda ularning oila aʼzolari tomonidan yoʻllangan murojaatlar va savollariga javob berildi. Tadbirning ikkinchi qismida harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda oilada sogʻlom turmush tarzini yaratish maqsadida Urganch shahrida joylashgan 2-sonli oilaviy poliklinikada chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Ushbu tibbiy koʻrik davomida ishtirokchilar oʻndan ortiq mutaxassis shifokorlar tomonidan tekshiruvdan oʻtkazilib, kerakli muolajalar berilib, kelgusida davolanishlari boʻyicha maslahatlar berildi.

Close menu