Yangiliklar

23 Avgust 2024

Qarshi shahrida Milliy gvardiya boʻlinmalari oʻrtasida sportning qoʻl jangi turi boʻyicha Milliy gvardiya birinchiligi uchun musobaqalar yakunlandi.

7 vazn toifasida 20 jamoa oʻz imkoniyatlarini sinab koʻrishdi va gʻoliblik uchun kurashdi. Sportchilar tomonidan murosasiz oʻtgan janglar mobaynida oʻz mahoratlarini namoyon eta olgan kuchli ishtirokchilar esa musobaqaning final bosqichiga yetib kelishdi. Yakuniy hisob-kitoblarga koʻra umumjamoa hisobida 3 oʻrin Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasiga, 2 oʻrin "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasiga, 1 oʻrin Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi jamoasiga nasib etdi. Mazkur musobaqada gʻolib boʻlgan sportchilar Milliy gvardiya terma jamoasiga jalb qilinadi va kelgusi musobaqalarga tayyorgarlik koʻradi.

Close menu