Yangiliklar

5 Mart 2024

FARGʻONA MINTAQAVIY OʻQUV MARKAZIDA ILMIY-AMALIY SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

Kuni kecha Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazida viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi, Fargʻona Harbiy sudi va Harbiy prokuraturasi, IIB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorlikda "Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar organlarining hamkorligi" mavzusida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida yigʻilganlarga sohadagi ayrim qonun-hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalarning mazmun mohiyati batafsil tushuntirildi.
Tadbir soʻngida xodimlarni qiziqtirgan barcha savollarga masʼullar tomonidan batafsil javoblar berildi.