Fargʻona va Qashqadaryo viloyatlarida aholi hamda tadbirkorlik obyektlari bilan "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi
Hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashda zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targʻib qilish maqsadida oʻtkazilgan profilaktik ishlar davomida fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmati afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berildi.
Shu bilan birga, oʻz obyekti yoki xonadonini "Qoʻriqlash" xizmatiga topshirmoqchi boʻlgan fuqarolar oylik toʻlovlar miqdori, texnik vositalarga xizmat koʻrsatish tartiblari haqida ham batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Savdo doʻkonlarini qoʻriqqa topshirish istagini bildirgan tadbirkorlardan belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi.
Tadbir yakunda koʻp qavatli uylarning kirish qismlariga "tashvish" oʻrnatildi.
Bu kabi tadbirlar respublikamiz boʻylab davom ettirilmoqda.