Yangiliklar

5 Fevral 2025

Milliy gvardiya Jizzax mintaqaviy oʻquv markazida “Zukko kitobxon” intellektual oʻyini oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy oʻquv markazida doimiy shaxsiy tarkib hamda tinglovchilari orasida oʻzbek adabiyoti, boy tarixi va madaniyatini keng targʻib qilish, yaqindan tanishtirish va toʻplangan bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida yozuvchi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari asosida “Zukko kitobxon” intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Unda markazda tashkil etilgan oʻquv yigʻinida tahsil olayotgan harbiylashtirilgan soqchilik boʻlinmalari xodimlaridan tuzilgan “Qalqon”, boshlangʻich tayyorgarlik kursi tinglovchilarining “Yosh gvardiyachilar”, qayta tayyorlov kursi tinglovchilarining “Bilimdonlar” hamda “Temurbek izdoshlari” jamoalari oʻzaro bellashdilar. Tanlov qizgʻin hamda muzokaralarga boy tarzda oʻtkazildi va, tadbirning badiiy qismida Zomin tumani Madaniyat boʻlimi xodimlari tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari tinglovilar hamda tadbir mehmonlarida iliq taassurot qoldirdi.
Bellashuvda toʻplangan ballar hakamlar hayʼati tomonidan sarhisob qilinib, yakuniy natijalarga koʻra gʻolib jamoalar aniqlandi.
Faxrli 3 oʻrinni harbiylashtirilgan soqchilik boʻlinmalari kursi tinglovchilarining “Qalqon” jamoasi, faxrli 2 oʻrinni qayta tayyorlov kursi tinglovchilarining “Temurbek izdoshlari” jamoasi hamda faxrli 1 oʻrinni boshlangʻich tayyorgarlik kursi tinglovchilarining “Yosh gvardiyachilar” jamoalari egallashdi. Gʻolib va sovrindorlarga markaz boshligʻining faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Bunday tadbirlarni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad yoshlarimizning bilim salohiyatini oshirish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirishdan iboratdir.