Yangiliklar

11 Avgust 2024

Jizzax viloyatida 68 kg ogʻirlikdagi xar xil turdagi baliq mahsulotlarining talon-taroj qilinishi oldi olindi

Joriy yilning 7 avgust kuni soat taxminan 11:00 larda Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Mirzachoʻl tumani Turkiston MFY hududida joylashgan "Dukir post" hududidan harakatlanib kelayotgan Nexia 1 rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib tekshirilganda, mashina yuk xonasiga oʻrnatilgan gaz ballon ichida noqonuniy ravishda jami 68 kg (umumiy qiymati 70 720 000 soʻm boʻlgan) xar xil turdagi baliq mahsulotlari borligi aniqlangan.
Dastlabki surishtiruvlar natijasida avtotransport vositasi haydovchisi 1991 y.t Arnasoy tumani, Zarafshon QFY da istiqomat qiluvchi S.O ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzachoʻl tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.