Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida vatanparvarlik, sport hamda koʻngilochar tadbirlari davom etmoqda
Oʻquvchi yoshlarning yozgi taʼtil vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning jismoniy va aqliy salohiyatlarini oshirish, bolajonlarga yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarda vatanparvarlik, sport hamda koʻngilochar tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, kuni kecha Fargʻona, Namangan hamda Navoiy viloyatlaridagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida hududiy "Qoʻriqlash" boshqarmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan bu kabi tadbirlarda chiroyli koʻrgazmali chiqishlar taqdim etildi. Zamonaviy maxsus vositalar koʻrgazmalari, kamondan otish, quvnoq estafeta bahslari, shaxmat-shashka, stol tennisi turlari boʻyicha mahorat darslari oʻtkazildi. Tadbirlar davomida bolajonlar oʻzlarni qiziqtirgan sport turlaridan kerakli koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish imkoniga ega boʻldilar.
Yakunda faol ishtirokchilar "Qoʻriqlash" boshqarmalari tomonidan munosib taqdirlandilar.