Qoʻriqlash Departamentida xizmatni tashkil etish yoʻnalishining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Davlat obyektlari, oʻta muhim va toifalangan inshootlar, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulkining samarali qoʻrilovini tashkil etish, hududlarda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning oʻtgan davrdagi sarhisobi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan xizmatni tashkil etish yoʻnalishining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Qoʻriqlash Departamenti rahbariyati, hududiy boʻlinmalar rahbarlarining birinchi oʻrinbosarlari va yoʻnalishlar boʻyicha boshqaruv apparatining boshqarma va mustaqil boʻlimlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Dastavval Qoʻriqlash Departamenti rahbariyati tomonidan oʻtgan davr mobaynida erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi. Shu bilan birga boshqaruv apparatining ishchi guruhi tomonidan qoʻriqdagi obyektlarni ishonchli himoyasini taʼminlashdagi aniqlangan kamchiliklar aniq misollar bilan koʻrsatildi va ularni bartaraf etish borasidagi yoʻnalishlar koʻrsatib oʻtildi. Shuningdek obyektlarni qoʻriqlashda yangi avlod texnologiyalarini joriy etish, xodimlarining kasbiy mahorat va malakasini oshirish boʻyicha muntazam oʻquvlar tashkil etish masalalari boʻyicha rejalar belgilab olindi.
Shuningdek, mamlakatimizda jamoat xavfsizligini taʼminlash, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash borasida Qoʻriqlash departamentining hududiy boshqarmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni oshirish, bu boradagi shaxsiy javobgarlik boʻyicha aniq topshiriqlar qoʻyildi.